“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilarining holati bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilgan va ularning masalasi alohida sudda ko‘rilayotgan edi. Noyabrda sud hukmi e’lon qilindi. Jabrlanuvchilar ro‘yxatiga yana besh bola qo‘shildi. Ularning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan kompensatsiya undirilishi belgilangan.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Sardor Kariyevning uch nafar farzandi va ayoli yashab turgan uyni xatlash masalasini qo‘llab-quvvatladi.
“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.
Apellyatsiya sudi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi. Farmatsevtika agentligining sudlangan sobiq rahbarining onasi tomonidan to‘langan 2,5 mlrd so‘m pul jabrlanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi muzokaraga kirishdi. Bir necha advokat himoyasi ostidagi sudlanuvchilarga oqlov so‘radi. 20 nafar jabrlanuvchi tovon puli to‘lansa, da’vosidan voz kechish hamda Sardor Kariyev va boshqa sudlanuvchilarning ozod etilishiga qarshi emasligini bildirdi. “Gazeta.uz” stenogrammasi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.
Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.
Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.
“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2-fevraldagi sudda guvohlar ko‘rsatma bergan, bir sudlanuvchi tergovda o‘zi hamda sheriklariga nisbatan jismoniy va ruhiy bosimlar o‘tkazilgani haqida gapirgan edi. 5-fevraldagi protsessda sud tergovi yakunlanib, muzokaraga kirishildi. “Gazeta.uz” reportaji.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 10-yanvar kuni bo‘lgan sud majlisida aksariyat sudlanuvchilar amaldagi tartib-qoida bo‘yicha dori vosita tarkibidagi zaharli moddalarni aniqlash imkoni bo‘lmaganini ta’kidladi. “Gazeta.uz” sud majlisi stenogrammasini to‘liq keltiradi.
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.
Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting